“Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan ayrim tovarlarni beg‘araz berish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, davlat foydasiga voz kechilgan ayrim tovarlar Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari,“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, tegishli budjet tashkilotlariga beg‘araz beriladi.
Izoh (0)