14–22-may kunlari Yaponiyada O‘zbekiston haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Haftalik doirasida Yaponiyaning Tokio, Nagoya va Osaka shaharlarida konsert namoyishlari o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Ilk bora tashkil etilayotgan O‘zbekiston haftaligi yaponiyaliklarda ulkan taassurot qoldiradi, degan umiddamiz. Ushbu tadbirga san’at ahli juda katta tayyorgarlik ko‘rmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)