Tojikiston fuqarosi hukumat tomonidan taqiqlangan Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi yetakchisining chiqishlariga internetda “Layk” bosgani uchun 10 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Xatlon viloyati Vaxsh tumanida yashovchi Alijon Sharipov ijtimoiy tarmoqlarda hukumat tomonidan taqiqlangan Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi yetakchisi Muhiddin Kabiriy va mamlakat sobiq Mudofaa vaziri Abduxalim Nazarzodalarning chiqishlari aks ettirilgan videosujetlarga “Layk” va “Klass” tugmalarini bosgani uchun 10 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sharipov 2018-yil 3-yanvar kuni o‘zi tug‘ilgan Vaxsh tumani Mehrobod qishlog‘ida qo‘lga olingan. So‘roq vaqtida u Kabiriy va Nazarzodalarning videolarini ko‘pincha tomosha qilib borgani, ammo bu qonunga zidligidan bexabar bo‘lganini aytgan.
Izoh (0)