Telegram o‘zining bo‘lajak blokcheyn platformasi Telegram Open Network (TON) uchun mo‘ljallangan birinchi servisni taqdim etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Telegram Passport nomini olgan servis shaxsiy ma’lumotlarni messenjerning o‘zida saqlash imkonini beradi. Avval foydalanuvchidan barcha ma’lumotlarni yuklash so‘raladi, so‘ng messenjer ichida va boshqa saytlarda hujjatlar aylanmasini amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Servis pasport, xorij pasporti, haydovchilik guvohnomasi, kommunal to‘lovlar, bank hisob raqamidagi mablag‘lar haqida ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Hozirda Telegram Passport yopiq tarzda sinovdan o‘tkazilmoqda. Servisning yozga yaqin ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)