Keniya janubida Patel to‘g‘onining o‘pirilishi qurbonlari soni 30 kishidan oshdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oldinroq 20 qurbon haqida xabar berilgan edi. Endilikda bu ko‘rsatkich 32 kishiga yetdi.
Nakuru gubernatori mamlakatda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi suv toshqinidan aholini ogohlantirdi.
“Qizil xoch” jamiyati ma’lumotlariga qaraganda, 39 kishi jarohatlangan. Hozirda voqea joyida qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)