Surxondaryo viloyatining Tojikiston bilan chegarasida joylashgan Qumqo‘rg‘on tumanida “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Prezident qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ko‘p tarmoqli rejalashtirilgan kelishuvlarni amalga oshirish amaliy harakatlar rejasi” (Yo‘l xaritasi) tasdiqlangan. Reja doirasida Tojikistonning Xatlon viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlarii o‘tkazildi. Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Agrokimyohimoya” AJ, O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish institutining “Chigirtkalarni o‘rganish laboratoriyasi” tomonidan tashkil qilindi.
Tojikistonning Xatlon viloyati Rudakiy tumani bilan hamkorlikda “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar ham bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashqi davomida zararli chigirtkalar tarqalgan maydonlarni aniqlash, kimyoviy ishlovdan o‘tkazish talab etiladigan maydonlarni belgilash hamda maxsus ishlov berish tartiblari mashq kuzatuvchilariga o‘rgatildi.
Izoh (0)