AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinni lavozimiga kirishganligi bilan tabrikladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Prezident, biz umid qilganimizdek, Rossiya bilan munosabatlarimiz yaxshi bo‘ladigan vaqtni kutmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
7-may, dushanba kuni inauguratsiya marosimi yakuniga yetishi bilan Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi.
Izoh (0)