Toshkent shahrida “Tashkent City” obyekti qurilayotgani sababli Ezidyor to‘yxonasi buziladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Ayni damda qurilish ketayotgan hudud – O‘qchi mahallasidan ko‘chirilmagan 20 ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi so‘nggi kunlarida gaz ta’minotidan uzib qo‘yilgan edi, ammo, suv va elektr toki bor.
Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarovning so‘zlariga ko‘ra, Ezidyor to‘yxonasi buziladi. To‘yxona atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda. Ushbu obyektlardagi tadbirkorlar o‘zlariga boshqa yer tanlab ulgurmaganlar. Tuman rahbari tadbirkorlarga boshqa hududlardan joy ko‘rsatilganini aytgan.
Izoh (0)