9-may, chorshanba kuni Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklab qo‘yiladi. Bu haqda “Uz24” sayti xabar berdi.
9-may, chorshanba kuni soat 08:00 dan 13:00 gacha shaharning quyidagi ko‘chalarida transport harakati cheklab qo‘yiladi:
- Registon ko‘chasi (Registon maydonidan Amir Temur haykali oldidagi maydongacha);
- Hamid Olimjon nomidagi drama teatr oldidagi maydondan Ko‘ksaroy maydonigacha;
- Mirzo Ulug‘bek va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasi;
- Universitet xiyoboni ko‘chasi;
- G-34 magistral yo‘li va Muqimiy ko‘chasi chorrahasi;
- Mahmud Qoshg‘ariy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasi.
Izoh (0)