Misrda sayyohlik avtobusining yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida uch nafar sudanlik halok bo‘ldi, 50 dan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda Xinhua xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Avariya 6-may, yakshanba kuni Misrning El-Minya provinsiyasida yuz bergan. Yuk mashinasiga sement ortilganligi ta’kidlanmoqda.
Avtobus sement ortilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashganda Sudan poytaxti Xartumdan Qohiraga tomon yo‘lda edi.
Halok bo‘lganlar orasida sudanlik 50 yoshli avtobus haydovchisi ham bor. Jabrlanganlar provinsiyadagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Izoh (0)