AQShning BMT huzuridagi doimiy vakili Nikki Xeyli KXDR bilan urush prezident Donald Tramp ma’muriyatining Koreya muammosi doirasidagi ehtimoliy harakatlar variantlaridan biriligicha qolayotganligini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”.
“Prezident urushni istamayapti, men ham urushni xohlamayapman. Biroq bu ehtimoliy harakatlar variantlaridan biridir”, — dedi diplomat.
Avvalroq Tramp uning KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi muvofiqlashtirilayotganligi, muzokaralar o‘tkaziladigan sana va joy yaqin vaqt ichida belgilanishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)