Braziliyalik tadqiqotchi Serjio Maskarenxas rahbarligidagi olimlar guruhi Xirosimadagi atom bombardimoni qurbonlari duch kelgan radiatsiya dozasini o‘lchadi. Bu haqda ScienceAlert! nashri xabar bermoqda.
Buning uchun tadqiqotchilar nurlanish izlari qolgan qurbonlarning suyaklarini tahlil qildi.
Maskarenxas portlash kuni halok bo‘lgan kishilarning qoldiqlari, jumladan, yadroviy portlash epimarkazidan taxminan bir kilometr masofada bo‘lgan odam jag‘ini qo‘lga kiritdi.
Elektron paramagnit rezonans deb nomlanuvchi usul yordamida olimlar jag‘ suyagi tomonidan yutilgan ionlashtiruvchi nurlanish dozasi 9,46 grey ekanligini aniqlashga erishdi. Taqqoslash uchun: nur bilan davolashda yomon sifatli o‘sma to‘qimalari 2—3 grey doza oladi. Bunda 5 greyga teng doza inson uchun halokatli hisoblanadi.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, ular ilk bor nurlanish dozasini yuqori aniqlikda o‘lchashga erishgan.
Izoh (0)