Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDR mamlakat yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokidagi sammit arafasida AQSh tomonidan ilgari suriladigan shartlarga muvofiq to‘liq yadrosizlanishga tayyorligini bildirdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Asahi Shimbun gazetasi diplomatik manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, ushbu niyatini Pxenyan Vashington ma’muriyati vakillari bilan maslahatlashuvlar chog‘ida aytib o‘tgan. Xususan ta’kidlanishicha, aprel oxirida Pxenyanda shu maqsadda Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari va atom energetikasi sohasidagi ekspertlar guruhi bo‘lgan.

Bundan tashqari, Pxenyan o‘z yadro qurol-yarog‘larini tekshirishda, shuningdek, qit’alararo ballistik raketalardan qutulishda hamkorlik qilishga shayligini bildirgan.

Tokio, Vashington va Seuldagilar Pxenyanda 12 tadan ortiq yadro o‘qlari bor deb hisoblaydi.

AQSh KXDRdan to‘liq nazorat qilinadigan va ortga qaytarib bo‘lmaydigan yadrosizlanishni amalga oshirishni talab qilmoqda. Mamlakat ushbu masala borasida Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bilan dastlabki muhokamaga kirishdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi