Kolumbiya Milliy politsiyasiga tegishli Beechcraft C-99 samolyoti 2-may, chorshanba kuni mamlakat markaziy qismidagi Ibage shahri aeroporti hududida halokatga uchradi. Bu haqda boshqarmaning Twitter’ga joylangan rasmiy bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Samolyot bortida mayor Andres Valbuena Kaden (uchuvchi), leytenant Karlos Andres Kaysedo, leytenant Xuan Sosa Triana va subintendant Jon Parra Solano bo‘lib, ular, afsuski, halok bo‘ldi. Milliy armiya aviahalokat qurbonlari bo‘lgan xodimlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi”, — deyiladi hujjatda.
Samolyot mashq parvozini amalga oshirayotganligi ma’lum qilingan. Fojia sabablari haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.
Izoh (0)