Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Politsiya jinoiy bo‘limi sobiq rahbari seshanba kuni rasman Yevropa politsiya agentligi (Yevropol) rahbari etib tayinlandi. Tashkilot tarixida ilk marta ayol kishi rahbarlik lavozimini egalladi. Bu haqda Yevropol tarqatgan xabarga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Yevropa ichki ishlar va adliya kengashining Bryusseldagi navbatdagi yig’ilishida Katrin de Boll yangi lavozimga tayinlandi. Bu lavozimni ilgari Rob Ueynrayt egallab turgan edi. Yevropol rahbari 4 yillik muddatga tayinlanadi.

“Mening bu lavozimdagi asosiy maqsadim agentlikka bo‘lgan ishonchni oshirish va ish-faoliyatda samaradorlikka erishishdan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, xavfsizlik masalasida a’zo mamlakatlarning manfaatlari va Yevropol o‘rtasida muvozanatni saqlab turish muhim”, – dedi Katrin de Boll.

Foto: EPA

Foto: EPA

48 yoshli de Boll  mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos, avval jandarmeriya, so‘ng politsiya zobiti bo‘lib xizmat qilgan. 2012-yili Belgiya federal politsiyasi bosh komissari bo‘lib, bu lavozimga tayinlangan birinchi ayol kishi bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi