Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shveysariyaning Vale kantonidagi Alp tog‘larida to‘rt nafar alpinist haddan tashqari sovqotish oqibatida halok bo‘ldi. Yana besh nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda 30-aprel kuni mahalliy politsiyaga tayanib, Shveysariya telegraf agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Oxu.Az”

Foto: “Oxu.Az”

Gap italyan, fransuz va nemis alpinistlari haqida bormoqda. Ularning barchasi 14 kishidan iborat guruh tarkibida bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Qor bo‘roniga uchragan alpinistlar 3 157 metr balandlikda joylashgan dam olish joyiga yo‘l olgan. Biroq belgilangan muddatda guruh dam olish joyiga yetib kelmagan.

30-aprel kuni shifokorlar va tog‘ instruktorlari ishtirokida qutqaruv operatsiyasi tashkil etilgan. Yo‘qolganlarni qidirish uchun yettita vertolyot jalb etilgan.

Qidiruv guruhi bir nafar halok bo‘lgan alpinistni topgan. Guruhning qolgan a’zolari haddan ortiq sovqotish tashxisi bilan gospitallarga yetkazilgan. Ulardan uch nafari shifoxonada vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi