Samarqandning STV telekanali teledasturlarni analog formatida efirga uzatishni to‘xtatadi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilindi.
Jadvalga muvofiq, analog formatda efirga uzatishni to‘xtatish yanvardan boshlandi va keyingi yil oxiriga qadar yakunlanadi. Mazkur bosqichda STV telekanali 2018-yilning 1-mayidan analog formatdagi translyatsiyani to‘xtatadi.
2018-yilning 1-mayidan samarqandliklar STV telekanalini faqat 41 TBKda DVB-T2 raqamli formatida ko‘rishi mumkin. Buning uchun teletomoshabinlar DVB-T2 formatida ko‘rsatuvchi televizorga ega bo‘lishi yoki maxsus pristavka o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Izoh (0)