• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jurnalist surishtiruvi: Dorixonachilar uchun 20 foiz ustama kammi?

    “Xalq so‘zi” muxbiri Muhammadjon Ahmadjonov Toshkent shahridagi dorixonalarda surishtiruv o‘tkazdi va dori-darmonlar narxini o‘rgandi. Quyida maqola to‘liq  holda e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    To‘satdan oyog‘im ilkis og‘rib, tomiri qattiq torta boshladi. Shifokorga uchrab, tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Aytishicha, “Varikoz” kasalligining dastlabki alomati bo‘y ko‘rsatibdi. Vaqtida davolanmasa, o‘nglab bo‘lmas holatlarga olib kelarkan. Demak, muolajani kechiktirmasligim, tavsiya qilingan dorilarni zudlik bilan olish zarur.

    Hayolimga qo‘rg‘oshindek quyilgan ana shu fikr bilan Olmazor tumanining Forobiy ko‘chasidagi dori-darmon “galereya”siga bordim. Bilasiz, ushbu hududda qirqqa yaqin dorixona mavjud bo‘lib, istagan “mahsulot”ingizni qiynalmay topishingiz mumkin.

    “Murodli” IChKga qarashli dorixona shulardan biri. Eshikdan ichkariga kiraverishingizda 167 nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va 22 turdagi tibbiyot buyumlari ro‘yxati osib qo‘yilgan. Xizmat ko‘rsatish sifati ham yuqori... “Iste’molchi burchagi” tashkil qilingan. Kassa apparati, terminal ishlab turibdi.

    Sotuvchiga yuzlanib, “retsept”ni qo‘liga tutqazaman. U bir enlik qog‘ozga yozilgan dorilarning pulini hisoblab, umumiy narxini aytdi: Uch yuz to‘qson ming to‘rt yuz so‘m... Sotuvchiga yanglishmadingizmi, deganday qarayman. U esa yuz-ko‘zimdagi hayrat ma’nosini uqib, dorilarni xomcho‘t qilib beradi.—“Etoksisklerol”ning 30 milligrammli ampulasidan sizga besh dona buyurilgan. Shunchasi 346 ming so‘m bo‘ladi. “Venaris” esa 44 ming 400 so‘m turadi.Dorixona xodimidan mahsulotlarning narxini tushirib berishini iltimos qilaman. U esa belgilangan summadan kamiga sotolmasligini aytadi...

    Technology servis group MChJga qarashli dorixona xaridorlar bilan gavjum, savdo avjida. Biroq bu jarayonda ularga chek berilmayapti. Kassa apparati o‘chiq. Sababini so‘rasam, sotuvchi qiz yelka qisish bilan qutulib qo‘ya qoldi. Eng qizig‘i, bu yerda men izlayotgan “Etoksisklerol” roppa-rosa 405 ming so‘m bo‘lsa, “Venaris” 57 ming so‘m ekan. E’tibor bering-a, bir manzilda — ikki xil manzara. Birinchi dorixonadagi narx bilan ikkinchisini chog‘ishtirsam, 71 ming 600 so‘m farq bor.Sotuvchidan bu holatga oydinlik kiritish uchun dorixona mudiri bilan uchrashtirishini so‘rayman. O‘zini Mirjalol Abdug‘aniyev deb tanishtirgan dorixona ish yurituvchisi men bilan quyuqqina ko‘rishgach, vaziyatni tushuntira boshlaydi.

    — Bilasiz, tadbirkorlikning nonini yeyish juda qiyin. Yo‘lning bu yuzidagi to‘rtta apteka bizniki. Bu yerda ijara to‘lovi asosida faoliyat olib boramiz. Oylik to‘lovimiz qimmat — 3500 dollar. Shu bois, dorilarga 25—30 foizdan ustama qo‘yib sotamiz. Aks holda qoplamaydi. Siximiz kuyib, kabobimiz jizg‘anak bo‘ladi.— Qiziq, dorilarning haqiqiy tannarxiga davlat tomonidan belgilangan ustamani qo‘ysangiz ham yetarlicha foyda ko‘rmaysizmi, nima uchun qoplamaydi?

    Savolim ish yurituvchini andak tashvishlantirib qo‘ydi. Men esa iste’molchi sifatida “Etoksisklerol” va “Venaris” dori vositasining yuk xati bilan tanishmoqchi bo‘layotganimni aytdim.Tomosha shundan keyin boshlandi. Hisob-kitob ishlari bilan ish yurituvchi emas, universitet talabasi, ya’ni, Mirjalol Abdug‘aniyevning jiyani shug‘ullanishi va barcha hujjat unda turishi ma’lum bo‘ldi.

    Moddiyatni o‘ylab, har jihatdan olg‘ir bo‘lib ketgan dorixona ish yurituvchisi o‘z ishining ustasi ekan. Kimga, qaysi paytda, qanday hujjat berib, qanaqa muomala qilish kerakligini yaxshi bilarkan. Buni tarvuzim qo‘ltig‘imdan tushib, ortimga qaytayotganimda xarajatlaringizga ishlatarsiz, deya bir dasta pulni cho‘ntagimga solishga chog‘langanidan ham bilib olish mumkin. Ming afsuski, men uning dorixonasiga shifo ilinjida borgan edim, u esa o‘zining xatti-harakati bilan kamchilikni xaspo‘shlashdek “kasallik”ka chalinganini ko‘rsatib qo‘ydi. Mazkur holatdan dilim xufton bo‘ldi, ko‘nglim chok-chokidan so‘kildi. Va beixtiyor xotiram qatlariga muhrlangan qo‘shiqning satrlari yodga tushib, hayolimda charx ura boshladi: “Men undan o‘zimga dori izlasam, netay tabibimning o‘zi ham bemor”...

    O‘ylab qoldim. Ne-ne iltijolar bilan savdo shoxobchasiga kirgan xaridorlarning rizqini qirqib, haqidan urib qolayotgan, barcha narsaning qiymatini pul bilan o‘lchaydigan bu janobda odamiylik unsuridan ham bormikin? Fikrimcha, yo‘q. Agar bo‘lganida ijarani ro‘kach qilib, qozonini ham, cho‘michini ham moyga to‘ldirishni maqsad qilmasdi.

    Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: xo‘sh, aslida mazkur dorilarning narxi qancha? “Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Etoksisklerol”ning mazkur jamiyatga qarashli markaziy dorixonaga kirim qilingan narxi 286 ming 186 so‘m bo‘lsa, “Venaris”ning qiymati 29 ming 932 so‘mni tashkil qilayapti.

    O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 31-oktabrda qabul qilingan “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab chetdan olib kelinadigan, shuningdek, O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari, tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berish hamda ushbu jarayonda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’iy nazar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda, cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilangan. Shu ma’noda, yuqorida qayd etilgan har ikki dori vositasiga chakana narxda 20 foiz ustama qo‘yadigan bo‘lsak, birinchisidan 57 ming 237 so‘m, ikkinchisidan 5 ming 467 so‘m sof daromad kelib chiqayapti.

    Technology servis group dorixonasi birinchi dori vositasidan sof daromaddan tashqari 61 ming 600 so‘m, ikkinchi dori vositasidan 23 ming 471 so‘m qo‘shimcha foyda qilayapti. Agar har bir doridan chap cho‘ntakka shuncha miqdorda pul tushib turaversa, u yog‘ini o‘zingiz tasavvur qilib olavering.

    — Bugun yurtimizda olib borilayotgan ezgu ishlar islohot islohot uchun emas, avvalo, inson manfaatlari, uning baxt-u saodati, farovon turmushi uchun amalga oshirilmoqda, — deydi xaridor Feruza Islomova. — Ammo bu borada qabul qilinayotgan qaror-u farmonlar ijrosini ta’minlashda hali ham sustkashliklar ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, kuni kecha Chilonzor tumanining 16-mavzesida joylashgan “Orom farm servis” MChJga qarashli dorixonaga borib, qon bosimimni tushirish uchun ichib yurganim — “Indapamid” dorisini so‘radim. Qarangki, oxirgisi tugagan ekan. Carabella gold star, Welcome farm, “999”, Farm sintez group singari tibbiy savdo shoxobchalaridan ham mazkur preparatni topolmadim. Vaholanki, bu dori Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan birinchi yordam vositasi sifatida har bir dorixonada mavjud bo‘lishi shart qilib belgilab qo‘yilgan. Taajjubki, ko‘plab dorixonalarda ushbu mezonlarga amal qilinmayapti. Muttasaddilarning loqaydligi sabab, ijtimoiy muammolar urchib ketmoqda. Demak, bu yo‘nalishdagi normativ hujjatlarning soatdek aniq ishlab turishini ta’minlash lozim.

    Iste’molchi haq gapni aytdi. Albatta, qonun ijrosi bilan mukammal. Biz taraqqiyotning yuqori bosqichiga erishishni maqsad qilgan ekanmiz, eng avvalo, bu yuksalishning muhim omili sifatida tizimdagi huquqiy hujjatlarning ijro mexanizmini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Toki, aholi olayotgan dorisining narxi asossiz o‘sib ketishidan norizo bo‘lmasin, darmon izlab xunobi chiqmasin, xizmat ko‘rsatuvchi qonunni chetlab o‘tib ish yuritmasin.

    30.04.2018, 16:35   Izoh (0)   21951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-maydan dollar kursi oshadi

    30.04.2018, 16:24

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchinchi Dreamliner’ni 2018-yil may oyi o‘rtalarigacha qabul qilib oladi

    30.04.2018, 15:51

    O‘zbekistonlik o‘quvchilar 52-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

    30.04.2018, 15:40

    Toshkentning Mirobod tumanidagi poliklinika va bog‘chalar ishida kamchiliklar aniqlandi

    30.04.2018, 15:07

    O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Erdo‘g‘onning rafiqasi Emine bilan uchrashdi

    30.04.2018, 14:36

    Qoraqalpog‘istonda 5-sinf bolani zo‘rlaganlikda ayblanayotgan 46 yoshli jinoyatchi qo‘lga olindi

    30.04.2018, 14:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.