O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva bugun, 30-aprel kuni Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya birinchi xonimi o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar beradi UzNews.
“O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Ziroat Mirziyoyeva bilan uchrashdik. Samimiy mehmondo‘stlik uchun tashakkur”, — deyiladi postda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan. 30-aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi o‘tdi.
Izoh (0)