Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kecha, 29-aprel sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 9-tur bahslari boshlandi.​

Foto: PFL

Foto: PFL

Turning dastlabki o‘yini Bekobodda bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Metallurg” “Buxoro”ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Ikkinchi o‘yin vodiyda “Navbahor” hamda “Neftchi” o‘rtasida kechdi. Bellashuv tomonlarning 1:1 hisobidagi durangi bilan yakunlandi.

Turning markaziy o‘yini “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

Bugun 9-tur doirasida yana 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, Navoiyda “Qizilqum”  Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi. Bellashuv 18:00 da boshlanishi belgilangan.

Qo‘qonda “Qo‘qon-1912” jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yin ham 18:00 da boshlanadi.

Turning so‘nggi o‘yini Qarshida “Nasaf” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Pepsi Superliga

9-tur bellashuvlari

29-aprel, yakshanba

“Metallurg” – “Buxoro” 2:1

Gollar: 0:1 — 48 Shavkat Salomov, 1:1 — 56 Zohid Abdullayev, 2:1 — 58 Zabihillo O‘rinboyev​

“Navbahor” – “Neftchi” 1:1

Gollar: 0:1 — 69 Xurshid Asqaraliyev. 1:1 — 84 Sardor Sulaymonov.​

“Lokomotiv” – “Paxtakor” 0:0

30-aprel, dushanba

“Qizilqum” – AGMK 18:00

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” 18:00

“Nasaf” – “So‘g‘diyona” 20:00

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi