Polshaning Svebodzin shahrida joylashgan Iso Masihga o‘rnatilgan eng yirik haykaldan internet tarqatuvchi antenna olib tashlanadi. Bu haqda Zelenogursk-Gojuvsk yeparxiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Haykalga antenna bir necha kun muqaddam o‘rnatilgan edi.
Cherkov vakillarining so‘zlariga qaraganda, haykal boshida turgan antennalar iymonli insonlarni haqorat qilishi mumkin.
Svebodzinlik rohib Yan Romanyuk demontajga buyurtma berib qo‘ygan. Ishlar 10-mayga qadar amalga oshiriladi.
Izoh (0)