O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvohitov boshchiligidagi delegatsiya Turkmaniston poytaxtida o‘tadigan xalqaro tadbirda qatnashadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“BMTning Markaziy Osiyodagi global kontrterroristik strategiyasining kompleks realizatsiyasi yo‘lida” mavzuidagi oliy darajadagi yig‘ilish hamda Markaziy Osiyo uchun qo‘shma harakat rejasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyiha taqdimoti 30-aprel kuni Turkmaniston poytaxtida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)