AQSh davlat kotibi lavozimiga tasdiqlangan Mayk Pompeo qasamyod qabul qildi. Bu haqda AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Xezer Nauert Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Mayk Pompeo bugun Qo‘shma Shtatlarning 70-davlat kotibi sifatida qasamyod qabul qilish uchun keltirildi”, — deb yozadi u.
Marosimni Oliy sud sudyasi Semyuel Alito o‘tkazdi.
Avvalroq AQSh senati MRB sobiq direktori Mayk Pompeoni davlat kotibi lavozimiga tasdiqlash uchun ovoz berganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)