KXDR rahbari Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In o‘rtasidagi muzokaralarning ertalabki qismi yakunlandi, Shimoliy Koreya yetakchisi Janubiy Koreya hududini tark etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ayni paytda davlatlar rahbarlari tushlik qilish uchun muzokaralarni to‘xtatdi.
Kim Chen In o‘z limuzinida Shimoliy Koreya hududiga qaytib ketdi. Xabarlarga ko‘ra, uning mashinasiga soqchilar hamrohlik qilgan.
Sammit chog‘ida mamlakatlar rahbarlari Koreya yarim orolini yadrosizlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash istiqbollari, shuningdek, ehtimoliy birlashuv masalalarini muhokama qiladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)