Yaman Oliy siyosiy kengashi rahbari va xusiylar jangovar qanoti yetakchilaridan biri Saloh as-Samadning halokatiga sababchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni aviazarbasi aks etgan video YouTube’ga joylandi.
Kadrlarda jami ikkita raketa uchirilganini ko‘rish mumkin. Ularning birinchisi avtomobilga tekkan, ikkinchisi boshqa bir mashina va uning yonida to‘plangan odamlarga yo‘naltirilgan. Hodayda port shahriga berilgan zarba haqida 23-aprelda ma’lum bo‘ldi, ammo u ilgariroq amalga oshirilgan.
As-Samad Oliy siyosiy kengash raisi lavozimini 2016-yil avgustidan buyon egallab kelgan. U mamlakatning xusiylar nazorati ostidagi qismiga rahbarlik qilgan. Eng ko‘p qidirilgan isyonchilar ro‘yxatida ikkinchi bo‘lgan.
Izoh (0)