Kolumbiya janubi-g‘arbidagi tog‘larda vertolyot halokatga uchragan joyda ishlayotgan muhandisning ustiga boshqa bir vertolyot quladi, deb yozadi The Independent.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi vertolyot mexanik nosozliklar tufayli halokatga uchragan. Uning yukini olib kelish uchun voqea joyiga ikkinchi vertolyotni jo‘natishgan, ammo nosozliklar tufayli, u ham qulagan.
Hodisa videoga olingan. Kadrlarda vertolyot birinchi halokatdan keyin qolgan bo‘laklarga yaqinlashganini ko‘rish mumkin. Ularning ustida bir kishi turgan, ikkinchisi esa yerdan qo‘l silkitgan. Vertolyot ular ustida katta bo‘lmagan balandlikda biroz turgan, so‘ng kutilmaganda qiyshayib, qulab tushgan.
Oqibatda bir kishi — Kolumbiyada vertolyot tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi Helifly kompaniyasi muhandisi halok bo‘ldi. Ikkinchi vertolyot ekipaji va voqea joyida ishlayotgan boshqa texnik xodim jabrlanmadi.
Izoh (0)