Xitoyning nufuzli moliyachilaridan biri Lora Cha Gonkong fond birjasi boshqaruvi raisi bo‘ldi. South China Morning Post tomonidan xabar qilinishicha, birjaning 127 yillik faoliyati davomida birinchi marta ayol kishi unga rahbar bo‘lgan. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
68 yoshli Lora Cha aksionerlarning yillik yig‘ilishi chog‘ida lavozimga tayinlangan. U bu lavozimda Chjou Sunganning o‘rnini egallagan. U birjaga so‘nggi olti yil davomida rahbarlik qilgan.
Izoh (0)