KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Koreya yarimorolini to‘liq denuklearizatsiya qilish to‘g‘risidagi qo‘shma bitimga imzo chekdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib “Gazeta.ru” xabar berdi.
Deklaratsiyada qurollanishni qisqartirish, “dushman harakatlari”ni to‘xtatish, chegaralarni “tinchlik zonalari”ga aylantirish va boshqa mamlakatlar, jumladan, AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari Pxanmunjom chegara punktida uchrashgani haqida xabar berilgandi. Kim Chen In KXDR rahbarlari orasida 65 yildan buyon birinchi marta qo‘shni mamlakatga tashrif buyurgan rahbarga aylandi.
Izoh (0)