Xitoyning Daye shahri ma’muriyati e’tiborsiz piyodalarni jazolash yo‘lini o‘ylab topdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Agar kimdir yo‘lni qizil chiroqda kesib o‘tishga urinsa, maxsus tizim unga qarata suv sepadi. Suvning harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha +26 darajani tashkil qiladi.
Mahalliy aholi qurilmani foydali deb hisoblamoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, tizim o‘rnatilganidan keyin serqatnov chorrahalar tinch va xavfsiz bo‘lib qolgan.
Izoh (0)