Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi joriy yil oxiriga qadar O‘zbekistonda 4 ming nusxa avtomobil sotish niyatida, deb xabar berdi Sputnik.
“AvtoVAZ”ning ekport bo‘yicha menejeri Ilya Semakinning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston bozori xorijlik ishlab chiqaruvchilar uchun ancha yopiq, bu yerda asosiy pozitsiyani GM egallaydi. Shunga qaramay Rossiya kompaniyasi o‘zini “baland ovozda” ma’lum qilishga intilmoqda. Bir-ikki yildan so‘ng “AvtoVAZ” modellarini O‘zbekiston ko‘chalarida tez-tez uchratish mumkin bo‘ladi.
“O‘tgan yillar davomida biz yiliga 100 dona mashina sotganmiz. 2017-yilda o‘sish kuzatildi va 1000 nusxaga yaqin avtomobil sotildi. Joriy yil oxiriga qadar 3—4 ming avtomobil sotishni rejalashtirmoqdamiz. Sotiladigan modellarning asosiy qismini “Lada Granta”, 4x4 va boshqalar tashkil etadi”, — deydi Ilya Semakin.
Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi keyinchalik butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘zining xususiy dilerlik tarmog‘ini yaratadi. Hozirgi kunlar ularning soni atiga to‘rtta — ikktasi Toshkentda, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda esa bittadan. 2018-yil oxiriga qadar yana to‘rtta avtosalon ochish rejalashtirilgan.
Izoh (0)