Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Mudofaa vaziri maslahatchisi nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov Toshkent harbiy okrugidagi umumqo‘shin dala o‘quv maydonida desantchilarning jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan Mudofaa vazirligi faxriysi keksaligiga qaramay yosh va navqiron harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari, ularning turmushi, xizmat sharoitlari bilan tanishish uchun harbiy okruglarga xizmat safarlarini uyushtiryapti”, — deyiladi xabarda.

Bu gal desantchilardan iborat yangi tarkibdagi jangovar bo‘linma – batalyon taktik guruhining dala o‘quvlariga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishayotgan Rustam Ahmedov yigitlarga u xizmat qilgan yillarda ro‘y bergan qiziqarli voqealar, bugungi kunda harbiy xizmat nufuzi va sharafi yuksalayotgani haqida fikrini aytdi. Oldingi va bugungi armiya o‘rtasida juda katta farq, keskin o‘zgarishni kuzatayotganidan g‘oyat baxtiyor ekanini, O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar faxriylariga ko‘rsatilayotgan e’tibor uni ruhlantirayotganini iftixor bilan so‘zlab berdi.

Tashrif davomida u navbatdagi taktik mashg‘uloti arafasida saf ko‘rigidan o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning anjom-aslahalarini komandirlar boshchiligida ko‘zdan kechirdi. Samimiy suhbat davomida faxriy harbiy xizmatchilarga xizmatda faqat yuksak natijalarga erishishni tiladi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi