Turkiya hukumati, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda ushbu tashkilotning o‘rmon sohasini rivojlantirishda sheriklik dasturida ishtirok etuvchi 6 davlat vakillari Samarqandda to‘plandi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Ular bu yerda o‘tkaziladigan dastur yo‘l xaritasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan uch kunlik seminarda ishtirok etadi.
FAO sheriklik dasturi bo‘yicha 10 million dollar ajratilgan.
Turkiya O‘zbekistondan tashqari yana besh davlat — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga ham tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va o‘rmonlarni himoya qilish bo‘yicha choralar ishlab chiqishda yordam beradi.
Izoh (0)