O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida xavfsizlik masalalariga javobgar bo‘lgan rejim xizmati faoliyati tugatildi. Bu haqda “Xabar.uz” nashri ma’lum qildi.
Avvalroq kompaniya raisining kadrlar va rejim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Shodmonov mazkur shtatning qisqartirilishi tufayli lavozimidan ozod etilgan edi.
Aytilishicha, bugungi kunda rejim xizmati faoliyati tugatilgan hamda uning o‘rniga “toifalangan binolar xavfsizligini ta’minlash” xizmati tashkil etilgan.
Izoh (0)