Rossiyaning “Birinchi kanal” va “Rossiya 1” kanallari Suriyadagi kimyoviy hujum sahnalashtirilganligi isboti sifatida badiiy filmning sahna ortidagi kadrlarini taqdim etdi, deb yozadi TJournal.
Suriyalik rejissor Xumam Xusari tomonidan suratga olingan kartina 2013-yilgi boshqa kimyoviy hujumga bag‘ishlangan edi.
22-aprel kuni “Birinchi kanal”dagi yangiliklar boshlovchisi G‘arb siyosatchilari va matbuoti Dumada hech qanday hujum bo‘lmaganligining “ochiq-oydin dalillari”iga e’tiborsizlik qilayotganligini ma’lum qildi. Bu paytda efirda Suriyadan boshqa suratlar bilan birgalikda badiiy filmdan kadrlar namoyish etildi.
Dmitriy Kiselyov bilan “Vesti nedeli” ko‘rsatuvi ham shu kunning o‘zida xuddi shu kadrlarni ko‘rsatdi. Biroq “Rossiya 1”dagi reportajda Fares Muhammad Mayyasning bayonoti ham bor edi. Jurnalistlar Fares kimyoviy hujumni yozib olgan suratga olish guruhining ishtirokchisi ekanligini ma’lum qildi.
Har ikkala holatda federal kanallar rejissor Xumam Xusarining badiiy filmini suratga olish jarayoni kadrlaridan foydalangan.
Izoh (0)