Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018-yil 27-apreldan 3-maygacha Indoneziyaning Chibinong shahrida Indoneziya futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganligining 88 yilligiga bag‘ishlangan “PSSI 2018 – Yubiley kubogi”da ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan birgalikda Indoneziya, KXDR hamda Bahrayn terma jamoalari ishtirok etadi. Ayni vaqtda bu musobaqa joriy yilning avgust oyida boshlanadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini ham o‘taydi.
“Yubiley kubogi”ga olimpiya terma jamoasi quyidagi tarkibda yo‘l olmoqda:
Darvozabonlar:
- Botirali Ergashev – “Navbahor”
- Umidjon Ergashev – “Nasaf”
- Husniddin Aliqulov – “Mash’al”
- Husniddin G‘ofurov – “Neftchi”
- Abubakr Muydinov – “Bunyodkor”
- Hojiakbar Alijonov – “Paxtakor”
- Ilhomjon Alijonov – “Surxon”
- Doniyorjon Narzullayev – “Nasaf”
- Avazbek O‘lmasaliyev – “Neftchi”
- Abdulla Abdullayev – “Bunyodkor”
- Sanjar Qodirqulov –“ Bunyodkor”
- Sharof Muhiddinov – “Nasaf”
- Suxrob Nurulloyev – “Metallurg”
- Oybek Rustamov – “Qo‘qon – 1912”
- Nurillo To‘xtasinov – “So‘g‘diyona”
- Islom Kenjaboyev – “Nasaf”
- Andrey Sidorov – “Qizilqum”
- Azizbek Amonov – “Lokomotiv
Izoh (0)