Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 23-aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Prezidentning Facebook’dagi sahifasida to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.

Skrinshot: “O‘zbekiston 24”

Skrinshot: “O‘zbekiston 24”

Davlat rahbarlari Ko‘ksaroyda tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Tashrif dasturi keng va mazmunga boy tarzda tuzilgan.

Prezidentlarning poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borishi, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi “Ulli hovli” yodgorligi, Xivadagi “Ichan qal’a” majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi