Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Rossiyaning yaqin kelajakda “Katta sakkizlik” formatiga qaytish imkoniyatini ko‘rmayapti. Bu haqda u Torontoda G7 bo‘yicha hamkasblari uchrashuvida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

O‘shanda G8 deb nomlangan birlashmadan Moskva 2014-yilda Qrim anneksiyasidan so‘ng chiqarib yuborilgan edi.

“Ayni damda bu umuman savol emas (RFning G7 ga qaytishi). Rossiyaning bu yerda emasligi, xalqaro huquqni buzgan holda Qrimni anneksiya qilish bilan bog‘liq”, — dedi Maas.

Germaniya vaziri vaziyatning o‘zgarishi faqat Rossiyaga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.