Dunyodagi eng keksa inson — yaponiyalik Nabi Tadzima 117 yoshida vafot etdi. Bu haqda USA Today xabar bermoqda.
Tadzima xonim 1900-yilning 4-avgust kuni tug‘ilgan. Uning farzandlari, nabiralari va boshqa avlodlari 160 kishidan ko‘proq. Kagosima prefekturasida istiqomat qilgan ayol oxirgi yillarda to‘shakdan deyarli turmas edi.
Endi dunyodagi eng keksa inson maqomi boshqa yaponiyalik ayol — 116 yoshli Tia Miyakoga o‘tdi.
Izoh (0)