Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on NTV telekanaliga bergan intervyusida AQSh Turkiyaga tahdid solayotganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, ikki davlat strategik sherik bo‘lishiga qaramay, AQSh Suriyadagi kurd kuchlariga harbiy yordam ko‘rsatmoqda.
“Tahdid qayerdan kelyapti? Afsuski, biz o‘z pulimizga AQShdan qurol sotib ololmaymiz, AQSh va koalitsiya esa terrorchi tashkilotlarga bepul qurol va o‘q-dori yetkazib bermoqda”, — dedi Turkiya rahbari.
Izoh (0)