Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nikaraguada ijtimoiy ta’minot sohasidagi islohotlarga qarshi norozilik namoyishlari davomida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 88 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

18-aprel, chorshanba kuni boshlangan namoyishlar mamlakatning bir necha shaharlarini qamrab olgan. Qayd etishlaricha, namoyishchilar ijtimoiy ta’minot islohotiga qarshi — hukumat taklif qilayotgan loyiha bo‘yicha ish beruvchilar va mehnatkashlar hisobidan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalariga ajratmalar miqdori oshiriladi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Infobae portali ma’lumotlariga ko‘ra, internetda politsiyachilar namoyishchilarga qarata o‘q uzayotgani va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanayotgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘lgan.

Nikaragua vitse-prezidenti Rosario Murilyo payshanba va juma kunlari mamlakatda o‘n kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi