O‘zbekistonda amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini hisobga qo‘yish tizimi joriy etiladi, deb yozadi Spot. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Investitsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlari jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Foto: Spot

Bundan tashqari, transport vositalari uchun qog‘oz hujjatlar bekor qilinadi, barcha tegishli ma’lumotlar avtomobil egalarining ID-kartalariga kiritiladi.

1-iyulgacha loyihani moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritiladi, 1-avgustgacha esa uning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanadi.

1-noyabrgacha loyiha Toshkentda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan sinov rejimida ishga tushiriladi.