Afrikadagi oxirgi mutlaq monarx — Svazilend qiroli Msvati III o‘z davlatini Esvatini Qirolligi deb qayta nomladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TengriNews”.
Svati tilidan tarjima qilganda yangi nomlanish “svazi yeri” ma’nosini anglatadi. Qirol o‘z qarori haqida svazi xalqi mustaqilligining 50 yilligi va o‘zining 50 yoshi sharafiga uyushtirilgan bayram tadbirida e’lon qildi. U qayta nomlashning sabablaridan biri nomlarni adashtirish ekanligini ma’lum qildi: “Qayerga bormaylik, odamlar bizni Shveysariya deb ataydi” (Swaziland — Switzerland).
Esvatini Afrika janubi, JAR va Mozambik oralig‘ida joylashgan. Qirollik 1968-yilda Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lib chiqqan.
Izoh (0)