Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida “Isfayram qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 1 gektar maydonda gidroponika usulida issiqxona tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Issiqxonaga Janubiy Koreyadan 300 ming dollarlik texnologiya olib kelib, o‘rnatildi. Uning qurilishiga 1 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Ayni paytda bu yerda gidroponika usulida “Donotino” navli 21 ming dona pomidor ko‘chatlari parvarishlanyapti. Tez kunlarda 150 tonnaga yaqin mahsulot Rossiyaga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Jamiyat ishchilarining aytishicha, gidroponika tipidagi issiqxonada maxsus unumdor yerga zarurat bo‘lmaydi —o‘simliklar sun’iy muhitda tuproqsiz yetishtiriladi. To‘liq avtomatlashtirilgan nazorat tizimi bilan boshqariladi.

 

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tejamkor energiya, sug‘orish va oziqlantirish tizimi mavjud. Bunday issiqxonalarda oddiylariga nisbatan 2–2,5 barobar ko‘p hosildorlik kuzatiladi. Pomidorlarning pishib yetilish davri 20–30 kunga qisqarishi, hosil berish davri esa 50–60 kunga uzayishi bu usulning yana bir afzalligi hisoblanadi.

Innovatsion texnologiya asosida barpo etilgan issiqxonada yiliga to‘rt martagacha hosil olish mumkin. Chunki kunlar isishi bilan qator poliz ekinlari, xususan, pomidor ko‘chati rivojlanishdan to‘xtaydi. Yangi texnologiyada havo harorati o‘ta isib ketgan taqdirda ham issiqxona ichidagi maxsus sovutish moslamasi havoni mo‘’tadillashtirib, ko‘chatning bir maromda rivojlanishini ta’minlaydi. Shu tariqa issiqxonada sabzavot va poliz ekinlaridan yil davomida bir necha marta hosil olinadi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi