9-may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashmoqda. O‘zbek xalqi mazkur sanani munosib nishonlash, bayram tadbirlarini sifatli o‘tkazish borasidagi sa’y-harakatlarni allaqachon boshlab yuborgan. Respublika fuqarolari, xususan, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlarida faollik ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Toshkentdagi “Harbiy qabriston” majmuasida Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan hashar ham shunday tadbirlardan biridir.
“Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan, majmua hududi obodonlashtirilmoqda, — deydi Yakkasaroy tumani qabristonlar uchastka boshlig‘i Sanjar Imomnazarov. — Bir guruh harbiy xizmatchilar turli daraxtlarga ishlov berdi va oqladi, yerni o‘t-o‘lanlardan tozaladi. Vazirlik mas’ul xodimlarining aytishicha, bu tadbir bir kunlik bo‘lmay, davomlidir”.
Izoh (0)