Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari istaklari asosida o‘zlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safari tashkil etiladi hamda ushbu safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar qoplanadi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Shuningdek, ular Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “O‘zbekiston” hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga ham bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuboriladi.

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishi tashkil etiladi.

Toshkent shahrida 9-may kuni soat 21:00 da Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti uyushtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar