2017-yili 380 mingdan ortiq qochqin Yevropa Ittifoqidan boshpana oldi. Bu haqda ichki ishlar, migratsiya va fuqarolik bo‘yicha yevrokomissar Dimitros Avramopulos bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Biz jahonning boshqalardan ko‘proq boshpana taqdim etadigan mintaqasimiz... 2017-yili 382 ming kishiga boshpana taqdim etildi”, — dedi u, Yevroparlamentning Strasburgdagi plenar sessiyasida chiqish qilarkan.
2016-yili Yevroittifoq 720 mingdan ortiq odamga qochqinlik maqomini taqdim etgan edi.
Izoh (0)