Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Asosiy qismi IShID vakillari bo‘lgan taxminan 10 ming nafar jangari ayni paytda Afg‘oniston hududida joylashgan. Bu haqda, Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-leytenant Aleksandr Lapinga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, Suriya va Iroqda IShID yakson qilingach, ular boshqa mintaqalarga ko‘cha boshlagan. Bunda guruhlar yetakchilari asosiy e’tiborni Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaratmoqda. Ular Markaziy Osiyo mamlakatlari hududida islom xalifati tuzishni maqsad qilgan.

Lapinning qo‘shimcha qilishicha, IShID salohiyatining Markaziy Osiyoda mustahkamlanishiga turli radikal ekstremistik tashkilotlarning Yaqin Sharqdan kelayotgan oqimi xizmat qilmoqda. General-leytenantning ta’kidlashicha, jangarilar doimiy ravishda mahalliy aholi orasida tashviqot olib borish va uning Afg‘oniston hududida tayyorlanishi uchun tadbirlar o‘tkazmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
“Daryo kundaligi”da 28-mart kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana pastladi