Internetda paydo bo‘lgan videolarda Germaniyadagi Nyurburgring yopiq poyga trassasida sinovdan o‘tkazilayotgan yangi mashinalar namoyish etildi. Videolar YouTube’dagi EMS Nordschleife TV kanalida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Motor”.
Roliklar maxsus kunlarda suratga tushirilgan — o‘sha kunlari 30 dan avtomobilsoz kompaniyaga o‘z mahsulotini sinovdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Shuningdek, g‘ildirak va avtokomponentlar yetkazib beruvchilar ham sinov vaqtidan foydalanishi mumkin. Bu kunlarda trassaga shaxsiy avtomobillar kiritilmaydi.
Izoh (0)