AQSh sakkizta obyektni Suriyada zarba berish nishonlari sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda vaziyat bilan tanish manbasiga tayanib, CNBC telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ko‘rsatilgan nishonlar orasida Suriyaning ikki aerodromi, kimyoviy qurol ishlab chiqarishga aloqasi bo‘lgan bitta tadqiqot markazi va fabrika bor.
Nashr manbasining ma’lum qilishicha, Suriya qo‘mondonligi AQSh Rossiya obyektlariga zarba bermasligini hisobga olib, Suriya HHK samolyotlarini Rossiya Havo-kosmik kuchlari joylashgan aerodromlarga qayta taqsimlamoqda.
Izoh (0)