Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ruhiy kasal o‘g‘il mast holatdagi otasining boshiga ketmon bilan urib, uni o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
10-aprel kuni soat 17:00 atrofida, “Guliston” MFY Navbahor ko‘chasi 37-uyda yashovchi, ruhiy kasal, 1989-yilda tug‘ilgan Dilmurod Qo‘chqanov uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan birga yashagan otasi, 1962-yilda tug‘ilgan Dadajon Qo‘chqanovning boshiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan, so‘ng voqea joyidan yashiringan.
Dadajon Qo‘chqanov kasalxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Izoh (0)